Islom Karimov Fondining Facebook’dagi sahifasida Özbekistonning eng yangi tarixiga oid muhim ma'lumotlar e'lon qilib borilmoqda. Endi mustaqil Özbekiston prezidentining Nyu Yorkda 1993 yilda BMT Boş Assambleyasida sözlagan birinçi nutqi xususida ma'lumotlar berildi.

“Sovet ittifoqi qöşinlari Afğonistondan 1989 yil olib çiqilganidan söng hamda bir neça yil ötib Prezident Muhammad Najibullo davlat boşqaruvidan ketgandan keyin, köp yillik fuqarolik urişidan azob çekib kelayotgan mamlakatda xavfli hokimiyat böşliği yuzaga keldi. 1990 yillarda tobora radikal ruhdagi jangovarlar qarorgohiga aylanib borayotgan Afğonistondagi öta xavfli vaziyatga jahon hamjamiyati deyarli e'tiborsizlik ila köz yumgan edi. Öşa yillari, Afğonistonga doir vaziyat hattoki xalqaro yangiliklardan örin olmasdi desak heç mubolağa bölmaydi. Özbekiston Prezidenti Islom Karimov uçun, köp millionlik Afğonistonda tobora kuçayib borayotgan ziddiyatlar birgina davlat çegaralari bilan çeklanib qolmasligi kunday ayon edi. Aynan Islom Karimov 1993-yil Birlaşgan millatlar taşkilotidagi özining birinçi çiqişida, butun dunyoni Afğonistonda paydo bölayotgan xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm haqida ogohlantirgan edi. Öşa yillar Özbekiston bir asr vaqtdan söng endigina ozod bölib, öz mustaqilligiga erişgan damlar edi.

Öz rivojlaniş yölidagi yoş va mustaqil davlatning xavfsizligi jiddiy tahdidlariga duç keldi. Prezident Karimov qöşni Afğoniston va Tojikistonda avj olib borayotgan siyosiy beqarorlik bizning mamlakatimiz uçun eng xavfli tahdidlardan biri ekanligini yaqqol körib turardi. Bu esa öz navbatida, uşbu tahdid Örta Osiyoning eng aholi ziç joylaşgan respublikasi - yoş Özbekiston hududiga osonlik bilan ötişi mumkinligini bildirardi. Öşa damda, Prezident Islom Karimov BMTning yuqori minbaridan sözga çiqar ekan, butun dunyo hamjamiyatiga, afğon muammosiga beparvolik bilan yondaşiş, kelajakda insoniyatni misli körilmagan oqibatlar bilan töqnaştirişi mumkinligini ta'kidlab ötgan edi. “Mintaqamizning öziga xos xususiyati, uning geosiyosiy örnidan kelib çiqqan holda şuni aytiş joizki, hodisalarning salbiy tus olişi, mintaqaning dunyodagi “ulkan beqarorlik omiliga” aylanişiga turtki bölişi mumkin” - deya ta'kidlagan edi Karimov BMT Boş Assambleyasining 48 sessiyasida.











