Saudiya Arabistoni rahbariyati yaqin orada ayollarga huquq-tartibot idoralarida tergovçi bölib işlaşga ijozat beradi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar bermoqda.
Telekanal ma'lumotlariga köra, bu lavozimga nomzodlar yuridik ta'limga ega bölişlari lozim. Şundan keyin ular bir neçta imtihon, sport normativlari topşirişadi. Bu ularning jismoniy tayyorgarliklari va xizmatga yaroqliklarini aniqlaşga imkon beradi. Eng yaxşi natija körsatganlar tergovçi lavozimini oladilar.
“Tanlov juda qat'iy böladi, çunki biz bunday muhim işni bajariş uçun munosib, malakali nomzodlarni izlamoqdamiz. Barça talablar qanoatlantirilgandan keyin tergovçi bölişni istovçilar bilan birma-bir suhbat ötkaziladi”, deb aytgan qirollikning boş prokurori şayx Saud al-Muajib.
Uning aytişiça, ayol tergovçilar xizmat doirasiga “turli maxsus funksiyalar”, jumladan jinoiy tergovlarni olib boriş, sudda ma'lumotlar beriş, hukmlar ijro etilişini nazorat qiliş, mahbuslar bilan ularning şikoyatlari böyiça muloqot qiliş hamda mahbuslarning ozod qilinişi muddatlarini nazorat qiliş kiradi.
Al-Muajibning aytişiça, qirollikda yaqinda oilaviy yaraştiruvlar nazorati qömitasi şakllantirilgan. Bu qömita tarkibiga bölğusi ayol tergovçilar ham kiritiladi.
Saudiya Arabistonida oxirgi yillargaça ayollar köplab huquq va erkinliklardan mahrum bölganlar. Vaziyat valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon tomondan “Nuqtai nazar-2030” dasturi amalga oşirilişi e'lon qilinişi bilan özgargan. Bu dastur qirollikning barça fuqarolari uçun teng huquqlik va erkinlik beradi hamda ayollarning jamoat işlariga jalb qilinişiga qaratilgan çoralarni közda tutadi.
Ayni vaqtda qirollikda ayollarga futbol uçraşuvlari va musiqiy konsertlaga taşrif buyuriş, sportning köplab turlari bilan şuğullanişga ruxsat berilgan.
Iyun boşidan esa saudiyalik ayollar haydovçilik guvohnomalari olişlari va avtomobil boşqarişlari mumkin böladi. Bundan keyin ayollardan köpçiligi şofyor yoki taksiçi bölib işlaşlari mumkin. Ayollarni, şuningdek, yöl inspektorlari yoki nazorat-ötkaziş punktlari xodimlari sifatida işga taklif qiliş rejalaştirilmoqda.












