«Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi Buyuk Britaniya Mustaqil sayyohlik operatorlari assotsiatsiyasi (AITO) a'zosi böldi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilişiça, bu ikki mamlakat örtasidagi sayyohlik aloqalarini mustahkamlaş va Özbekistonning sayyohlik salohiyatini Britaniya sayyohlik xizmatlari bozorida ommalaştirişda muhim qadamdir. Uşbu uyuşma a'zoligi «Özbekiston havo yöllari» brendi va mamlakatning sayyohlik mahsulotlarini keng tarğib qiliş, şuningdek Buyuk Britaniyadan Özbekistonga sayyohlar oqimini sezilarli darajada oşiriş imkonini beradi.
Buyuk Britaniya Mustaqil sayyohlik operatorlari assotsiatsiyasi (AITO) - öz safiga 120ga yaqin ixtisoslaşgan va mustaqil turoperatorlarni birlaştirgan Buyuk Britaniyaning turizm böyiça savdo guruhi hisoblanib, uning a'zolari noyob madaniyatga, boy tarixga va alohida tabiiy şaroitlarga ega bölgan mamlakatlarning turistik mahsulotini taqdim etiş borasida 170 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi. AITO 1976 yilda taşkil topgan bölib, uning ştab-kvartirasi Londonning janubi-ğarbidagi Tvikenham şahrida joylaşgan.












