Tim Kuk Apple aksiyadorlarining har yillik yiğilişini ötkazib, unda boşqa kompaniyalarni qöşib oliş böyiça rejalar, Apple Park’ga ekskursiyalar taşkil etilmayotgani hamda turli tölov usullari haqida gapirib berdi. 

Kukning ma'lum qilişiça, AQŞda 2014 yilda işga tuşgan Apple Pay mobil tölovlari rivojidan köproq narsani kutgandi.

Apple aksiyadorlarining yiğilişi Kupertinodagi Apple Park qarorgohida bölib ötdi. Ulardan biri bu yerda mehmonlar uçun qaçon ekskursiyalar taşkil etilişi bilan qiziqqan. Javob – aftidan, heç qaçon.

“Qarorgohlarni turlar uçun oçişdagi muammo şundan iboratki, içkarida ba'zi bir maxfiy narsalar bor. Biz ba'zi holatlarni sir tutişga majburmiz. Şuning uçun mehmonlar uçun maxsus markazni taşkil etdik, u yerda istalgan kişi Apple Park’ni AR-közoynaklar yordamida örganib çiqişi mumkin”, - dedi Apple rahbari Tim Kuk.

Kukning tuşuntirişiça, AirPods, Beats va Apple Watch haqida gapirayotganida “olib yuriluvçi” iborasidan foydalanişni xuş körmaydi. Apple rahbarining sözlariga köra, aksessuarlar ommabopligi “ança oşdi”, biroq u sotuvlar haqidagi aniq ma'lumotlarni keltirmadi.

Şuningdek, Kuk hukumat bilan soğliqni saqlaş sohasidagi yangi mahsulotlarni yaratiş uçun hamkorlik haqida aytib ötdi.

Bundan taşqari, Tim Kukning aytişiça, 2017 yilda Apple 19 ta kompaniyani sotib oldi, ulardan faqat 10 tasi haqida ma'lumot bor, 2018 yilda yangilari paydo böladi.

Aytilişiça, Apple 2017 yilda yangi tadqiqotlar uçun taxminan 12 mlrd dollar sarfladi, 2018 yilda esa 20 minggaça xodimni yollaş niyatida.