Özbekiston Davlat bojxona qömitasi raisi Muidjon Tohiriy işdan olindi. Bu ma'lumot «KUN.UZ» manbasi tomonidan tasdiqlandi.
Ma'lum qilinişiça, endilikda qömitaga Boş prokuror örinbosari, general-mayor Murotjon Berdialiyeviç Azimov yangi rais etib tayinlangan. Buxoro viloyatining sobiq prokurori bölgan Murotjon Azimov 2016 yilning sentabrida Özbekiston Respublikasi Boş prokuroriga örinbosar etib tayinlangandi.

Köp yillar davomida Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilgan Muidjon Tohiriy 2016 yilning dekabrida Zohid Abduqayumoviç Dösanov örniga Bojxona qömitasi raisiga aylangandi.
Uning iste'fosi sababi va keyingi iş joyi hozirça ma'lum emas.
Bundan avvalroq OAVda Bojxona qömitasida keng kölamli tekşiruv ötkazilayotgani haqida ma'lum bölgandi.










