Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Soliq qonunçiligini tubdan takomillaştiriş böyiça taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoyişi e'lon qilindi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Farmoyişda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi «Soliq ma'muriyatçiligini tubdan takomillaştiriş, soliqlar va boşqa majburiy tölovlarning yiğiluvçanligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni talablarini amalga oşiriş borasida körilayotgan çora-tadbirlarga qaramasdan, respublika va mahalliy byudjyetlar daromadlarini oşirişning qöşimça zaxiralarini aniqlaş, soliq ma'muriyatçiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş, xorij mamlakatlarining soliq qonunçiligi va ma'muriyatçiligi sohasidagi sinalgan ilğor yutuqlarini implementatsiya qiliş işlari qoniqarsizligiça qolayotgani qayd etilgan.
Soliq ma'muriyatçiligi va soliqqa tortişning zamonaviy usullarini, soliqlarning töliq yiğiluvçanligi va byudjyetga öz vaqtida tuşişi ustidan samarali nazorat mexanizmlarini joriy etiş orqali soliq-byudjyet siyosatini yanada takomillaştiriş, byudjyet jarayoni şaffofligi darajasini oşiriş maqsadida:
Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasini tayyorlaş böyiça Respublika komissiyasi tarkibi, soliq qonunçiligi va soliq ma'muriyatçiligini takomillaştiriş böyiça işçi guruhlar tarkibida tuzilmoqda.
Respublika komissiyasi tegişli me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqişda quyidagilarga alohida e'tibor qaratişi belgilanmoqda:
- umume'tirof etilgan xalqaro norma va standartlar talablari hamda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga javob beradigan normalar yaratilişi;
- soliq nazoratining xorijda keng qöllanilayotgan ilğor va sinalgan şakl va usullarini joriy etişni hisobga olgan, jumladan, xalqaro ekspert va maslahatçilarni jalb qilgan holda soliq ma'muriyatçiligi mexanizmlarini qayta körib çiqiş;
- respublika strategik manfaatlari hamda amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning bugungi bosqiçini hisobga olgan holda, soliq sohasidagi xalqaro-huquqiy normalarni milliy soliq qonunçiligiga implementatsiya qiliş, şuningdek, samarali davlat soliq siyosatini amalga oşiriş;
- soliqqa tortiş va soliq ma'muriyatçiligi masalalarini tartibga soluvçi me'yoriy-huquqiy hujjatlardan ikki xil talqin qilinişi mumkin bölgan normalarni çiqarib taşlaş maqsadida ularni inventarizatsiya qiliş;
- töğridan-töğri amal qiluvçi normalarni köpaytirgan holda, soliq qonunçiligini unifikatsiya qiliş;
- soliqqa tortiş tizimini soddalaştiriş, soliq ma'muriyatçiligini takomillaştiriş hamda soliq tölovçilar huquqlarining himoyasini izçil ta'minlaş;












