Jahon | 02:01 / 14.02.2018
13875
2 daqiqa o‘qiladi

Sobiq diktator Mussolini 93 yil o‘tib faxriy fuqaro unvonidan mahrum etildi

Foto: RIA "Novosti"

Italiyaning Mantuya shahri rahbariyati 93 yil o‘tib sobiq diktator Benito Mussolinini shaharning faxriy fuqarolari qatoridan chiqarishga qaror qildi.

Tegishli qarorni ko‘pchilik ovoz bilan shahar kengashi deputatlari qabul qilishgan. Bu qaror kengash raisi Massimo Allegrettining so‘l guruhlar tomondan bildirilgan bu tashabbusni qabul qilmaslik chaqirig‘iga qaramay qabul qilingan.

“Bu qadam bemavrid bo‘ldi, chunki tarix o‘z hukmini chiqarib bo‘lgan”, deb aytgan Allegretti yig‘ilishda.

Italiyalik fashistlar yetakchisi Mussolini 1924 yil mayida Italiyaning shimolidagi shaharning faxriy fuqarosiga aylangan. O‘sha vaqtda unga bunday unvonlar berish keng tarqalgan bo‘lgan.

93 yil avvalgi qarorning bekor qilinishi bo‘yicha muzokaralar shahar kengashida 3 soatdan ko‘proq davom etgan.

“Mussolini Mantuyaning faxriy fuqarolari orasida qololmaydi, chunki u buning uchun hech narsa qilmagan, u diktator va erkinlikni bo‘g‘izlovchi bo‘lgan“, deb aytgan Demokratik partiya fraksiyasi rahbari Jovanni Pasetti.

Rasmiy versiyaga ko‘ra, Mussolini ma'shuqasi bilan birga 1945 yil 28 aprelda italiyalik partizanlar tomonidan Julino-di-Metstsegra degan joyda otib tashlangan. Biroq bu versiya hanuzgacha tarixchilar va siyosatchilarda ko‘plab savollar uyg‘otib keladi.

Mavzuga oid