Vaşington yaqinda «usmonlilar tarsakisini» körişi mumkin, deya aytib ötdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan. Uning qöşimça qilişiça, NATOning barça a'zolari AQŞga tengdir. Bu haqda RT xabar qilgan.

Turkiya yetakçisi Anqarada Adolat va taraqqiyot hukmron partiyasi oldida çiqiş qilib, şunday bayonot berdi. Şu tariqa, u IŞID bilan kuraş böyiça koalitsiyaga rahbarlik qiluvçi general-leytenant Pol Fankning sözlariga izoh berdi. General Turkiya Suriyadagi Manbijga zarba beriladigan bölsa, qat'iy javob olişi haqida aytib ötgandi. 

«Qat'iy javob haqida gapirayotganlar heç qaçon «usmonlilar tarsakisini» yemagan», - deya aytib ötdi Erdöğan.

Bunday ibora ostida yaniçarilar (18-asrda Turkiyada: piyoda askarlar) tomonidan oçiq kaft bilan beriluvçi va köp holatlarda raqibni nokautga tuşirib qöyadigan yoki hattoki uning ölimiga sabab böladigan zarba tuşuniladi.