Britaniyaning nufuzli Financial Times gazetasi sahifasida çop etilgan maqolada ana şunday savol beriladi. Mamlakatda olib borilayotgan islohotlarga bağişlangan uşbu maqolaning muallifi Nayl Baklidir, deb yozmoqda “Jahon” AA.

Uning qayd etişiça, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatni taşqi dunyoga oçişga qaratilgan qator dadil qadamlar taşladi. Siyosiy mahbuslarning ozod etilgani, ilgari safarga çiqiş va işga joylaşişga tösqinlik qilgan “qora röyxat”dan minglab odamlarning öçirilgani şular qatorida qayd etiladi.

Davlat rahbari virtual qabulxonasining işga tuşirilgani va unga 1,6 milliondan ziyod aholi vakillari şaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga molik dolzarb muammolarni hal etiş yuzasidan murojaat qilgani maqolada alohida ta'kidlangan. Ommaviy axborot vositalari ança erkin faoliyat körsatayotgani, ularda tanqidiy ruhdagi materiallar e'lon qilinayotgani ham öquvçilar e'tiboriga havola etilgan. “Ötgan yili keça-kunduz faoliyat körsatadigan “Özbekiston-24” yangiliklar kanali iş boşladi, Xalqaro Press klub tomonidan tayyorlangan siyosiy mavzular hamda turli darajadagi mansabdorlar işlari haqidagi tok-şoular ham uning dasturidan joy olgan". 

Iqtisodiyot sohasidagi özgarişlar haqida töxtalar ekan, Financial Times jurnalisti Özbekiston Prezidentining biznes sohasida navbatdan taşqari tekşiruvlarga ikki yillik moratoriy joriy etiş töğrisidagi taşabbusini qalamga olgan. Sarmoyadorlarga soliq imtiyozlarini taklif etadigan maxsus iqtisodiy zonalarning taşkil etilgani strategik ahamiyatga molik muhim çora-tadbirlar sifatida ta'riflanadi.

“Respublika arzon energiya yetkazib beriş nuqtai nazaridan öziga töq bölişi uçun tabiiy resurslarning yetarli zaxiralariga ega. Qişloq xöjaligini diversifikatsiya qiliş, oziq-ovqat, farmatsevtika zavodlari bunyod etiş, sayyohlikni rivojlantiriş böyiça juda katta rejalar közlanmoqda. Ön yillik tanaffusdan söng Özbekiston Jahon savdo taşkiloti a'zoligiga kiriş uçun muzokaralarni qaytadan boşladi. Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki esa respublikada öz faoliyatini yana boşladi”.

Nayl Baklining ma'lum qilişiça, son jihatidan tez ösib borayotgan yoşlar uçun iş örinlarini yaratiş prezident Şavkat Mirziyoyev hayotga tatbiq etayotgan özgarişlarning harakatlantiruvçi kuçi hisoblanadi. Şu örinda britaniyalik şarhlovçi respublikamiz aholisining yarmidan ziyodini 30 yoşgaça bölgan avlod vakillari taşkil etişini, har yili esa 600 ming kişi mehnat bozoriga çiqişini eslatib ötgan.

Qozoğistonda sodir bölgan fojyea – işlaş uçun Rossiyaga ketayotgan avtobus bilan 52 nafar özbekistonlikning yonib ketgani bu mavzuning dolzarb ekanligini yaqqol namoyon etdi. Jurnalist davlat rahbarining bu hodisaga munosabatini alohida qayd etgan: