Seul sudi Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xening yaqin dugonasi Çxve Sun Silga 20 yillik qamoq jazosi berdi. Çxve Sun Sil poraxörlik, tovlamaçilik va öz vakolatlaridan çetga çiqişda aybdor deb topildi. Bundan taşqari, Silga pora bergani uçun Lotte Group kompaniyasi direktorlar kengaşi raisi Sin Don Bin va sobiq prezidentning yordamçisi An Çjon Bom ham jazolandilar.    

Sud şuningdek Çxve Sun Sil zimmasiga 16,6 mln dollarlik jarima tölaş majburiyatini qöygan. Prokuratura unga 25 yillik qamoq jazosi va 116 mln dollarlik jarima berilişini söragan. Biroq sud ba'zi holatlarni isbotlanmagan deb topgan.

An Çjon Bomga hokimiyatni suiste'mol qilgani uçun 6 yillik, “Lotte” kompaniyasi rahbari Sin Don Binga Sil jamğarmasiga 7 mln dollar ötkazib bergani uçun 2,5 yillik qamoq jazosi berilgan. Binga şuningdek 7 mln dollarlik jarima solingan.

Çxve Sun Sil bilan boğliq yirik korruptsion mojaro Janubiy Koreyada 2016 yil kuzida avj olgan. Aniqlanişiça, sobiq prezidentning yaqin dugonasi öz ta'siridan foydalanib, Janubiy Koreyaning yirik kompaniyalarini u bilan boğliq ikkita jamğarmaga katta miqdorda “xayriya mablağlari” ötkazişga majbur qilgan. Bu yöl bilan jamğarmalarga 72 mln dollar ötkazib berilgan. Tergovning körsatişiça, Çxve Sun Sil, şuningdek, bir neça yil davomida davlat işlaridan xabardor bölgan va siyosiy qarorlar qabul qilinişiga aralaşgan.

Çxve Sun Silga 2017 yil iyunida qizi tahsil olgan universitetga bosim ötkazgani uçun 3 yillik qamoq jazo berilgandi.