Amazon kompaniyasi bozordagi qiymat böyiça birinçi marta Microsoft’dan ötib ketib, eng qimmat kompaniyalar röyxatida uçinçi örinni egalladi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.

Xususan, savdolar yopilayotganda Amazon qiymati 702,5 mlrd dollarga teng bölgan bölsa, Microsoft 699,2 mlrd dollar turgan. Bir sutka içida birinçi kompaniya aksiyalari narxi 2,6 foizga qimmatlaşdi, ikkinçisiniki – 1,6 foizga.

Apple va Alphabet hamon yetakçilikni öz qölida saqlab turibdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Bezos Amazon hisobotini e'lon qilib, 6,5 mlrd dollar işlab olgani xabar qilingandi.