Floridadagi maktabda otişma sodir etgan 19 yoşli şaxsga 17 kişini qasddan öldirganlik böyiça ayblov qöyildi. Bu haqda Brouard okrugi şerifi saytida xabar berilgan.

Otişma Mayamidan 60 kilometr şimolda joylaşgan şaharçadagi maktabda çorşanba kuni yuz berdi. Şerif Skott Israelning ma'lumotlariga köra, hodisa oqibatida 17 kişi halok böldi. Guvohlarning aytişiça, maktabdagi maşğulotlar yakunlanişiga taxminan ön daqiqa qolganida yonğin signalizatsiyasi işga tuşgan, söng öq tovuşlari eşitilgan.

OAV ma'lumotlariga köra, öq uzgan şaxs öquvçilar orasiga özini urişga uringanida qölga olingan. Şerif gumonlanuvçi qölga olinganini tasdiqladi, u uşbu maktabning sobiq öquvçisi, 1999 yilda tuğilgan Nikolas Kruzdir.

Uşbu şaxs maktabdan tartib-intizomi bilan boğliq muammolar tufayli çetlatilgan. AQŞ prezidenti Donald Tramp röy bergan otişma tufayli öquvçilarning barça ğalati xatti-harakati haqida darhol xabar berişga çaqirgan.