Germaniya hukumati issiqxona gazlari çiqişini kamaytiriş va yirik ekologik jarimalardan qoçiş maqsadida jamoat transportini bepul qilib, yöl harakati iştirokçilarini kamaytirişni taklif qilmoqda. Bu boradagi ilk tajriba mamlakatning 5 ta şahri, jumladan Bonn, Essen va Mangeymda eng keçi bilan yil oxirida boşlanadi.

“Biz xususiy avtomobillar sonini kamaytiriş uçun jamoat transportidan bepul foydalanişni joriy qiliş variantini körib çiqmoqdamiz. Havoning ifloslanişiga qarşi samarali kuraş Germaniya uçun birinçi navbatdagi vazifadir”, deb aytişgan uç nafar nemis vaziri Yevropa Ittifoqining atrof-muhit böyiça oliy komissariga.

Yevropa Ittifoqi komissiyasi körib çiqişiga bildirilgan boşqa takliflar orasida avtobus va taksilar çiqaradigan çiqindilarni qisqartiriş, çiqindilar kam çiqadigan hududlarni yaratiş va karşering xizmatlarini qöllab-quvvatlaş kabilar bor.

Bu çoralarni iloji boriça tezroq amalga oşiriş kerak, çunki Germaniya Yevropa Ittifoqining 8 ta yirik a'zosi, jumladan, Fransiya, Italiya va Ispaniya kabi berilgan muddat içida zararli çiqindilar darajasini qisqartirişga erişa olmagan. Yevropa Ittifoqining atrof-muhit böyiça oliy komissari bu davlatlarga körilgan çoralar böyiça hisobotni taqdim qilişga qöşimça vaqt berdi, yöqsa ular Yevropa sudida javob berişlariga töğri keladi.

Yevropaning 130 tadan köproq davlatiga iqlimning falokatli özgarişi bilan xavf soluvçi va insonlar salomatligiga ziyon yetkazuvçi ifloslaniş ta'sir körsatmoqda. Bu esa har yili 400 mingga yaqin insonning ölimiga olib keladi, uning tibbiy oqibatlarini bartaraf etiş har yili 20 mlrd yevroga aylanadi.

Germaniyada jamoat transporti Yevropaning qolgan yirik davlatlariga nisbatan arzon va samarador bölgani uçun keng ommalaşgan. 2017 yilda yölovçi taşişlar soni 10,3 mlrdga yetgan va şu sababli transportda bepul yurişga ötiş uçun jiddiy rejalaştiriş kerak böladi. Germaniya şaharlari uyuşmasi boşliği Gelmut Dedi “bepul transport qanday moliyalaştirilişi savoliga aniq javobni kutib qolişini” aytgan.