Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev AQŞ Prezidenti Donald Trampga Florida ştatida röy bergan şafqatsiz jinoyat oqibatida köplab insonlar halok bölgani munosabati bilan hamdardlik yölladi.

AQŞning Parklend şahridagi (Florida ştati)  Marjory Stoneman Douglas maktabida 17 kişi otişma qurboni böldi, yana 14 kişi jarohatlandi, ularning 3 nafari oğir ahvolda qolmoqda.

Ommaviy qotillik ijroçisi şu maktabdan haydalgan Nikolas Kruz böldi. U Marjory Stoneman Douglas maktabidan bekorga haydalmagandi. Unga tegişli bölgan Instagram sahifasiga ötoçar va sovuq qurollar suratlari joylaştirilgandi.