Amerikada diniy erkinlik va farzand tarbiyasi muammolari – Al-Buxoriy markazi imomi bilan suhbat
|00:33 / 09.07.202357 5809 min
2017 yil Florida ştati Orlando şahrida özbekistonliklarning Şimoliy Amerikadagi ilk rasmiy masjidiga asos solindi. Al-Buxoriy Islom markazi bugun nafaqat masjid, balki madrasa vazifasini ham ötamoqda. Qöşma ştatlarga safar qilgan Kun.uz muxbiri masjid imomi Ilyosxon Toşxöjayev bilan markaz faoliyati, AQŞda farzand tarbiyasi hamda diniy erkinlik mavzularida suhbatlaşdi.
— Bu masjidning oçilişi haqida gapirib bersangiz. Kimlar qatnaşgan, yordam bergan?
— Masjidga 2017 yil oxirlarida asos solganmiz. Çikago, Nyu-York, Boston kabi ştat, şaharlarda diniy faoliyatimiz bölgan oldin. Hamma joyda masjidlar, islom markazlari bor. U yerlarda vatandoşlarimiz ibodat qilib, diniy ehtiyojlarini qondirişi mumkin. Biror bir masjidga borsak, Özbekistondan juda kam kişi bölardi, lekin atrofda köplab özbeklar bölardi.
Al-Buxoriy Islom markazi imomi Ilyosxon Toşxöjayev
Orlando ştati özbeklar eng kam bölgan joy. Birinçi ozçilikdan boşlaşni niyat qilib şu yerda oçganmiz. 2017 yilda bu yerga köçib kelib, millatdoşlarimizga taklifimni aytganimda ğaribroq qabul qilişdi. 100-150 taça özbek oilasi yaşardi. Bizning odamlarda juda boy bölib, millioner bölib ketgan odam masjid qiladi degan fikr örnaşib qolgan. Yordam beriş deganda ham katta miqdordagi nimanidir tuşunişadi. Şuning uçun ham köpçilikda işonç bölmagan, ötmişda bunday tajriba ham yöq. Uç kişi boşlaganmiz: 2017 yil noyabr oyida joyni ijaraga olib, bir yildan söng sotib olganmiz. 2018 yil Ramazon oyida oçilgan masjid sifatida. Asosiy maqsad masjid emas, madrasa qiliş edi. Hozir asosiy faoliyat madrasa bilan. Hozirda 35 taça talabamiz bor, yotib öqişadi.
— AQŞda bunday masjid va madrasalarni oçiş tartibi qanday?
— Birinçi navbatda nodavlat taşkilot sifatida röyxatdan ötiladi. Oçiladigan bino hududida diniy ta’limga va şunga öxşaş narsalarga ruxsat bor-yöqligi tekşiriladi, atrofda yaşovçi aholidan ruxsat beruvçi imzolar olinadi. Şundan söng davlat ruxsat beradi.
Al-Buxoriy Islom markazi
— Markazning moddiy ta’minoti qanday amalga oşiriladi?
Mavzuga oid
— Joyni sotib olişda asosiy xarajatni homiylarimiz kötargan, qolganini boşqalar yiğib bergan. Ramazon oyida xayriya tadbirlari ötkazamiz. Homiylarimiz yordam qiladi, yemakxona bor, şundan keladi. Umuman, xalqning yordami bilan faoliyat yuritib kelyapmiz. Masjidimizga 200 nafar atrofida odam siğadi. Jamoatning 80 foizi özbeklar, qolgani arablar, pokistonliklar, bangladeşliklar.
Talabalar 4-sinfdan 8-sinfgaça olinadi. Xarajatning bir qismi ota-onalardan olinadi, qolgani homiylar tomonidan qoplab beriladi. Talabalar sonini köpaytiriş uçun harakat qilyapmiz.
— Özbekiston musulmonlar idorasi va umuman özbekistonlik ahli ilmlar bilan aloqalar qanday?
— Oxirgi vaqtlarda Özbekiston musulmonlar idorasi bilan aloqalarimiz yaxşi. Özbekistonning AQŞdagi elçixonasi sababçi böldi köproq. Hozir Amerika va Kanadadagi masjidlarni birlaştiriş töğrisida ham işlar olib borilyapti, şunda Özbekistondagi diniy idora bilan işlaşimiz yanayam qulaylaşadi. Har yili Ramazon oyida qori-imomlar kelib turibdi.
— Bu yerdagi ba’zi vatandoşlarimizning xavotirlaridan biri — farzand tarbiyasi. Hatto dinini özgartiriş bölyapti yoki axloqsiz bölib ketyapti, deyişyapti. Faoliyatingiz davomida şunday muammolarga duç kelganmisiz? Umuman, oila institutini saqlaşda biror bir işlar qilinadimi?
— Har bir imomning öz yönalişi böladi: kimdir Qur’on ilmida, kimdir farzand tarbiyasi va boşqalar. Mening asosiy faoliyatim farzand tarbiyasi bilan boğliq. Amerikaga kelganlar dunyoviy imkoniyatlarni közlab keladi. Aksar oilalar moddiy taşvişlar bilan bölib, farzand tarbiyasiga bee’tibor bölib qoladi. Bir narsaga erişiş uçun boşqa bir narsadan voz keçiş kerak. Amerikada nimaga köproq e’tibor berilsa, öşa narsa olinadi. Siz aytganday bolalar ham bor, töğri, lekin şunday farzandlar borki, Amerikada tarbiya körganiga işonmaysiz. Demak, hamma gap ota-onada. Ular dunyo va farzand örtasidagi muvozanatni saqlaşi kerak. Bizning maktab mana şu vaziyatni yumşatiş, ota-onalarga yordam beriş uçun qilingan. Inson Qur’onni yodlab turib axloqli bölib qolmaydi, axloq boşqa yönaliş. Şuning uçun biz köproq axloqqa e’tibor beramiz.
— 8-sinfgaça öqitilişini aytdingiz. Lekin şu yoşdan boşlab bolalarda dastlabki ötiş davri boşlanadi, Amerika hukumati ham erkinlik bera boşlaydi. Bunday ösmirlarning tarbiyasi qanday böladi?
— Özgaradigan bola 70 foiz 8-sinfgaça özgarib böladi. Undan keyingi özgarişlar öziga işonç ortişi, erkin hayotga çiqişni istaşidan böladi. Öşa davrgaça buzilgan bola qaram bölgani uçun isyon qilmay turadi, özida imkoniyat böla boşlagaç, özini körsatadi. Katta bolalar bilan işlaşda biroz qiynalamiz. Faqat köngliga kiriş orqali özgartiriş mumkin.
— Diniy erkinlik haqida gaplaşsak. Amerikada diniy erkinlikning çegarasi bormi? Hukumat bilan ziddiyatga borib qoladigan holatlar bormi?
— Çegarasi yöq. Lekin ba’zilarda Islom dini deyilganda terrorizm tuşunçasi xayoliga keladi. Şu tomondan ba’zi paytda köngilsiz holat bölib qolişi mumkin. Umuman, dunyoning hamma joyida bor bu narsa. Lekin söz erkinligi bölgani uçun taqiq yöq.
— 2001 yil 11 sentabr voqealaridan keyin Islom va musulmonlarga nisbatan qaraşlar qançalik özgardi, hozirda vaziyat qanday?
— 11 sentabr voqealaridan keyin Islom dini yanayam rivojlangan Amerikada. Çunki politsiya tomonidan musulmonlarni tekşiriş, kuzatiş boşlangan va bir qança politsiyaçilar Islomni qabul qilgan. Bunga öxşaş misollar köp. Hozirgaça musulmonlarga nisbatan heç qanday taqiqqa uçramadik. Bizning markazda 50 dan oşiq kişi Islomni qabul qildi. Atrofdagi hukumat vakillari, politsiya bilan aloqamiz juda yaxşi. Islomofobiya haqida eşitib qolamiz, lekin hali biror marta duç kelmaganmiz. Amerikaliklarning dinimizga hurmati katta. Agar masjid bölmagan biror joyda namoz öqisak, politsiyaçi yoki boşqa bir kişi kelib, kimdir xalaqit bermasin deb qarab turadi.
— Darslik adabiyotlari muammosi yöqmi? Qayerdan olasizlar?
— Adabiyotlar muammosi yöq. Özbekistondan olib kelinadi köp kitoblarimiz, Turkiyadan ham keladi. Amerikada özbeklar köpaymoqda, şuning uçun köproq imkoniyat yaratişimiz kerak. Bizdan oldin ham şunday markazlar qilinganda, hozirda yanada katta imkoniyatlarimiz bölardi. Islomni yaxşi saqlaş uçun faoliyatimiz turlarini kengaytirib boriş niyatidamiz. Din şunday narsaki, unga ehtiyoj böladi doim, lekin öziga kerakli imkoniyatni topolmagaç, boşqa dinga ötib ketişi ham mumkin. Şuning uçun ham bunday markazlarni köpaytirişimiz, farzandlarimiz ehtiyojini qondirişimiz kerak. Bundan taşqari, din bizni birlaştirib turadi. Şuning uçun boşqa ştatlarda ham taşkil etiş niyatidamiz.
— Musulmon kişi uçun Amerikada yaşaşning yaxşi va yomon tomonlari qanday?
— Bu yerda kişi farzandini özi xohlagandek tarbiya qiloladi, kimdir aralaşmaydi, hammasi ota-onaga boğliq. Ibodatlarda erkinlik bor.
Yomon tomoni şuki, köpçilik moddiyat bilan bölib, farzand tarbiyasini unutib qöyişi. Keyin halol mahsulotlar muammosi bor. Halol deb qöyilgani bilan işonç yöq baribir. Bundan taşqari, musulmonlar köp hududda yaşamagan odam boşqalarga öxşab yaşay boşlaşi ehtimoli katta.
— Amerikada işonç tuşunçasi yuqori degan gaplarni köp eşitdik. Umuman, amerikaliklardan ham örnak oladigan jihatlar bormi?
— Köpçilikning dini yöqdir, lekin dindagi xulq bor ularda. Insoniy fazilatlarni jamlaşgan. Insonlar bir-biriga tabassum hadya qiliş holati ham juda köp, salom beradi. Yordam beriş holatlari ham köp. Markazimizga usta işlatgan paytimizda boşqa din vakili bölsa ham vaziyatimizni tuşunib, Allohning uyi deb, arzonroqqa işlab berişadi. Bunga öxşaş juda köp fazilatlar bor.
Farrux Absattarov suhbatlaşdi.
Montaj ustasi: Nuriddin Nursaidov
28 mart, 2023 yil
Orlando şahri, Florida ştati. AQŞ
Uşbu maqola va videomaterial Din işlari böyiça qömitaning ekspertiza xulosasi asosida çop etilmoqda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi