Amerika Qöşma Ştatlarida öqotar qurol yordamida sodir etilgan ommaviy qotilliklar soni yil boşidan buyon 38 taga yetdi. Bu – statistika yuritila boşlangan 2006 yildan keyingi davrdagi eng yuqori körsatkiçdir.
Bu antirekord 2022 yilda ham yangilanib, eng yuqori körsatkiç 36 taga çiqqan edi.

Manba: Washington Post via AP, USA Today, Northeastern University
AP, USA Today va Northeastern University tomonidan yuritiladigan statistikada “ommaviy qotillik” deganda qotildan taşqari tört yoki undan köproq insonlar otib öldirilgan holatlar nazarda tutiladi.
Unga köra, 2006 yildan keyingi davrda AQŞda jami 453 ta yoki yiliga örtaça 24 ta ommaviy qotillik sodir etilgan. Ularda jami 2423 kişi halok bölgan.
Washington Post'ning yozişiça, qurbonlarning 59 foizi qotilning oila a’zolari yoki tanişlari bölgan bölsa, halok bölganlarning 28 foizi jinoyatçiga begona bölgani tasdiqlangan. Şunga qaramay, aynan begonalarning öldirilişi bilan boğliq holatlar eng köp şov-şuv böladi.
Ta’kidlanişiça, 2006 yildan buyon sodir etilgan ommaviy qotilliklarda 18 yoşga tölmagan 592 nafar bola va ösmir halok bölgan. Ulardan 12 foizi maktablarda röy bergan fojialar qurboni bölgan, 56 foizi esa öz oila a’zolari tomonidan öldirilgan.
Naşr bu bilan aholi xonadonlarida röy berayotgan, öz qarindoşlari yoki tanişlari tomonidan ommaviy öldirilayotgan amerikaliklar soni yuqoriligi jamoatçilik e’tiboridan çetda qolayotgani, köpçilik asosan jamoat joylarida sodir etilayotgan ommaviy öqqa tutiş holatlarini eslab qolişini qayd etadi.













