2018 yil 15 fevraldan e'tiboran Özbekistondagi yagona monopol taşkilot “Özbekneftegaz” AJga qaraşli avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalarida AI-95 benziniga yangi qiymat belgilandi. Şunday qilib, uşbu benzinning bir litri 7200 sömdan sotila boşlandi. Şu vaqtga qadar uning bir litri 6500 söm edi.
Qayd etiş örinliki, neft mahsulotlari importi bilan şuğullanuvçi mutlaq monopol “Jizzakh Petroleum”ning yoqilği quyiş şoxobçalarida bir litri 8500 sömdan sotilayotgan AI-95 narxi 8000 sömgaça tuşirilgan.
Eslatib ötamiz, Iqtisodiyot vaziri örinbosari Mubin Mirzayev 2017 yil yakunida XPKda bölib ötgan sessiyada benzin va boşqa turdagi mahsulotlarning qiymati 2018 yilda rejali ravişda, bosqiçma-bosqiç oşirilişini qayd etgan edi. Şunga muvofiq, aytiş mumkinki, yaqin oylarda AI-95 dan quyi benzin turlari narxi kötarilişi ehtimoli yöq emas.














