Oldi-sotdi şartnomasi – turar joy sotib olinişiga doir bitimlarni tasdiqlovçi eng keng tarqalgan hujjat. Sönggi yilda uni tuziş taomiliga muhim özgartirişlar kiritildi. Uy-joy sotib oliş yoki sotişga qaror qilgan bölsangiz, nimalarni biliş kerakligi haqida Norma.uz şarh taqdim etdi.
Qonun böyiça turar joyning oldi-sotdi bitimi qanday rasmiylaştiriladi?
Turar joyning oldi-sotdi şartnomalarini tuzişga doir umumiy masalalar Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi. Quyidagi jihatlarni yodda tutiş zarur:
• turar joyning oldi-sotdi şartnomasi yozma şaklda tuziladi, bitimga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga sabab böladi (FKning 479-moddasi);
• uy, kvartirani, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotiş şartnomasi notarial tartibda tasdiqlanişi va davlat röyxatidan ötkazilişi lozim (FKning 488-moddasi);
• şartnomada şartnoma böyiça sotib oluvçiga topşirilişi lozim bölgan turar joyni aniq belgilaş imkonini beradigan ma'lumotlar körsatilgan bölişi şart, ular bölmasa, şartnoma tuzilmagan hisoblanadi (FKning 484-moddasi);
• xaridor sotib olganidan keyin qonunga muvofiq uy-joy binosidan foydalaniş huquqini özida saqlab qoladigan şaxslar (agar bunday şaxslar bölsa) şartnomada körsatilgan bölişi kerak (FKning 488-moddasi);
• sotuvçi sotib oluvçiga şartnoma şartlariga muvofiq kelmaydigan uy-joy sotganida, sotib oluvçi kamçiliklarni tekinga bartaraf etişni yoki kamçiliklarni bartaraf etiş uçun qilingan xarajatlar qoplanişini, xarid narxini mutanosib ravişda kamaytirişni yoki körilgan zarar örnini qoplagan holda şartnoma bekor qilinişini talab qiliş huquqiga ega (FKning 434-moddasi).
Tuzamiz, tasdiqlaymiz, röyxatdan ötkazamiz
Qaysi uyni sotib oliş haqida bir töxtamga kelgan bölsangiz, sotuvçi bilan birga notarius huzuriga borişingiz kerak böladi. Keyinçalik masala Vazirlar Mahkamasining 27.02.2017 yildagi «Bitimlarni notarial tasdiqlaş tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qöllagan holda takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 106-son qaroriga muvofiq hal etiladi.
Yoningizda quyidagi hujjatlar bölişi zarur:
• pasport yoki bitim tomonlarining şaxsini tasdiqlovçi boşqa hujjat;
• köçmas mulkka egalik huquqini tasdiqlovçi hujjat bilan birgalikda köçmas mulkning kadastr yiğmajildi;












