Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi va Jurnalistlarni qayta tayyorlaş markazi qator taşkilotlar bilan hamkorlikda milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalaştiriş, ommaviy axborot vositalari xodimlari fuqarolik pozitsiyalarini namoyon etişlari uçun keng şaroit yaratiş hamda jurnalistlarda tanqidiy-tahliliy muşohada va ijodiy faoliyatga yangiça yondaşuvlarni şakllantiriş va rağbatlantiriş maqsadida “Oltin qalam” XIII milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovni ötkazadi.
3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bağişlangan bu tanlovga 2017 yilning 31 martidan 2018 yilning 31 martigaça – bir yil davomida gazeta va jurnallarda çop etilgan, radio orqali efirga uzatilgan hamda televideniyeda körsatilgan va Internet naşrlarida berilgan materiallar 2018 yilning 10 apreligaça qabul qilinadi.
Tanlov ğoliblari uçun quyidagi mukofotlar ta'sis etilgan:
Jurnalistika sohasida boş milliy mukofot
Ğolib maxsus diplom, “Oltin qalam” kökrak nişoni, statuetkasi va Özbekiston Respublikasida belgilangan eng kam iş haqining 200 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Asosiy mukofotlar:
- Eng yaxşi jurnalistik material uçun milliy mukofot (televideniye – 1-, 2-, 3-örinlar);
- Eng yaxşi jurnalistik material uçun milliy mukofot (radio – 1-, 2-, 3-örinlar);
- Eng yaxşi jurnalistik material uçun milliy mukofot (bosma ommaviy axborot vositalari – 1-, 2-, 3-örinlar);
- Eng yaxşi jurnalistik material uçun milliy mukofot (Internet-jurnalistika – 1-, 2-, 3-örinlar).
Birinçi örinni olgan ğoliblar diplom, “Oltin qalam” kökrak nişoni, statuetkasi va eng kam iş haqining 160 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanişadi.
Ikkinçi örinni olgan ğoliblar diplom, “Oltin qalam” kökrak nişoni, statuetkasi va eng kam iş haqining 140 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanişadi.
Uçinçi örinni olgan ğoliblar diplom, “Oltin qalam” kökrak nişoni, statuetkasi va eng kam iş haqining 120 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanişadi.












