Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Jyeykob Zuma iste'foga ketgandan keyin mamlakat parlamenti “Afrika milliy kongressi” partiyasi raisi Siril Ramafosa nomzodini prezident lavozimiga tasdiqladi. 16 fevralda JARning yangi prezidenti millatga murojat qilişi kutilmoqda.
Parlamentda ötkazilgan ovoz beriş natijalari e'lon qilingandan keyin parlamentning ba'zi a'zolari qarsak çalib, raqsga tuşib ketganlar.
65 yoşli Ramafosa Limpopo universitetining huquqşunoslik fakultetini tamomlagan. Uning siyosiy faoliyati 1970-yillar oxirida, talabalar qözğolonlari vaqtida boşlangan. U 1980-yillar boşida konçilar milliy ittifoqi kasaba uyuşmasiga asos solib, unga boşçilik qilgan.
1991 yilda “Afrika milliy kongressi” partiyasi boş kotibi lavozimiga saylangan. Öşanda partiyaga Nelson Mandela raislik qilgan. Ramafosa 1990-yillar boşida aparteid tuzumining bekor qilinişi böyiça muzokaralar jarayonida iştirok etgan.
2014 yildan JAR prezidenti örinbosari, 2017 yil dekabrdan yetakçi “Afrika milliy kongressi” partiyasi raisi sifatida faoliyat yuritib keladi.












