Ahmadboy sud majlisida fuqarolarni aldamagan bölsa-da, xalqdan va prezidentdan keçirim söraşini bildirdi. U jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati sudida bölib ötgan navbatdagi sud majlisida öziga berilgan imkoniyatdan foydalanib, şunday fikrlarni bildirdi.
2018 yil 16 fevral kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati sudida “Ahmadboy” nomi bilan dong taratgan Ahmadjon Tursunboyev hamda uning jinoiy şeriklari sifatida gumon qilinayotganlar ustidan navbatdagi sud majlisi bölib ötdi. Sudya Dilşod Komilov raisligida bölib ötgan mahkama jarayonida “Ahmadboy” işi sifatida ma'lum bölgan jinoiy iş yuzasidan sudlanuvçilarga söngsöz taqdim etildi.
Jumladan, Ahmadjon Tursunboyev fuqarolarni aldamaganini bir neça bor ta'kidladi. Uning sözlariga köra, odamlarning özi unga pullarini olib kelib berişgan.

“Muhtaram sudya, örtoq prokuror! Men fuqarolarni aldamaganman. Odamlar öz xohişlari bilan pullarni olib kelgan. Men dehqonçilik, qassobçilik va çorva bilan şuğullanganman. Şu paytgaça fuqarolarni aldamaganman. Ularning özlari olib kelgan pullarini. Men heç qaçon xalqni aldamaganman, birovning haqini yemaganman. Şu yoşimgaça heç qaçon insonlarni aldamaganman. Lekin men qilgan işimdan puşaymonman” – dedi Ahmadjon Tursunboyev.
Bundan taşqari, u biznes bilan şuğullanmoqçi bölganini ta'kidladi.
“Mening maqsadim mana şu 20 ming boş qoramolga ferma, 1 mlrd tovuqqa joy qilayotgandim. 2 ming gektarga baliqçilikka köl barpo qilayotgandim. Meni maqsadim fuqarolar bilan işlaş bölgan, aldaş bölmagan. Men şu vaqtgaça odamlarni aldamaganman. Agar men ularni aldaganimda, odamlar meni tinç qöyişmasdi. Lekin men heç kimning haqini yemaganman. Lekin işimdan puşaymonman. Men Prezidentimizdan, xalqimdan, sudya va prokurordan keçirim sörayman!” – deya öziga berilgan söngsöz imkoniyatidan şu tarzda foydalandi sudlanuvçi Ahmadjon Tursunboyev.

Sud majlisida mazkur jinoiy iş böyiça boşqa sudlanuvçilar ham özlarining sönggi sözlarini aytişdi. Xususan, sudlanuvçi Qöçqorov “uşbu iş bunday oqibatlarga olib kelişi mumkinligini bilmaganini, da'vogarlar sudlanuvçilarga nisbatan şaxsiy da'volari yöqligini, eski tizimdagi tergov jarayonlaridagi ba'zi bir taziyqlar evaziga ayrim narsalarni böyniga olganini, kerak bölsa dalil-isbotlar taqdim eta olişini” bildirdi.












