Farğona viloyatining Buvayda tumanida 3 fevral kuni tuman IIBga tuşgan xabarga köra, şu yil 1 fevral soat 15.00larda Çirkay mahallasida yaşovçi, uy bekasi, 1981 yilda tuğilgan Z.R. uyi hojatxonasida jinsi öğil bolaga mansub bölgan çaqaloq tuğib, uni parvariş qilmay qasddan öldiriş maqsadida, özining kiyimi bilan çaqaloqning  butun tanasi va yuz qismini örab, harorati sovuq bölgan xonaga yaşirib qöyişi natijasida çaqaloq vafot etgan.

Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.

Z.R. uyida jasadni 3 kun heç kimga bildirmay saqlab kelganligi aniqlangan. Natijada Z.R. qölga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.