FIFA prezidenti Janni Infantino transfer bozori va futbol moliyasidagi inqilobiy özgarişlarni közda tutuvçi dasturni taklif qilişini rejalaştirmoqda.
Mulozimning dasturi 11ta banddan iborat bölib, FIFA Ijro qömitasi tomonidan 28 fevral kuni körib çiqiladi, deb xabar beradi Football Italia.
Infantino dasturida qişki transfer bozorini bekor qiliş va yozgi transfer bozorini mamlakat çempionatlari boşlanişidan oldin yakunlaş kabi takliflar bor.
Avvalroq, APL va A Seriya rahbariyati transfer bozorini çempionat öyinlari boşlangunga qadar yopilişi haqidagi qarorni qabul qilişgandi.
Bundan taşqari, klubdagi mavjud futbolçilar soni va ijaraga berib yuborilgan futbolçilar soniga çeklov joriy qiliş ham rejalaştirilmoqda.
Şuningdek, futbolçilar maoşining yuqori çegaralari ham joriy qilinişi va agentlar oladigan mukofotlarning miqdori çeklanişi mumkin.












