Moskvaning Yangi Moskva okrugidagi bolalar boğçasida sayr vaqtida köçada unutib qoldirilgan 4 yoşli qizça sovqotiş sababli hayotdan köz yumdi. Bu haqda Rossiya tergov qömitasining rasmiy vakili Svetlana Petrenko jurnalistlarga ma'lum qildi.
16 fevralda ertalab tarbiyalovçi va enaga kiçik guruh bolalari bilan sayrdan keyin bolalardan biri yöqligini sezib qolişgan. Ular qizni qidirib köçaga çiqişganda, 2014 yilda tuğilgan qizça behuş holda qorda yotganini körişgan.
Bolalar boğçasi xodimlari tez tibbiy yordam çaqirtirişgan, şifokorlar qizning ölganini qayd qilişgan.
Voqea joyida tergovçilar iş olib borişmoqda, ular boğçada tarbiyalanuvçilarning xavfsizligi qanday ta'minlanişini aniqlaştirişmoqda.
Uşbu hodisa yuzasidan “Öz kasbiy majburiyatlarini tegişli ravişda bajarmaslik natijasida ehtiyotsizlik sababli ölim yetkaziş” moddasi böyiça jinoiy iş qözğatilgan. Petrenkoning aytişiça, şuningdek, mas'uliyatsizlik moddasi böyiça ham iş qözğatilişi mumkin.
Yangi Moskva okrugi ta'lim muassasalari kuratori bola sayr vaqtida unutib qoldirilgani haqidagi xabarni rad etgan. Uning aytişiça, qizça doimiy nazoratda bölgan, biroq u özini yomon his qilgaç, şifokorlar çaqirtirilgan.












