Prezidentning ötgan yilgi taşrifidan söng Buxoro viloyatida keng kölamli bunyodkorlik işlari amalga oşirildi. Yangi uy-joylar, yöllar, savdo va xizmat körsatiş şoxobçalari, madaniyat va sport majmualari qurilib, foydalanişga topşirildi.

Bu boradagi işlar bugun ham izçillik bilan davom ettirilmoqda. Buxoro şahridan Kogon şahrigaça bölgan yölning ikki çetida arzon köp qavatli uy-joylar barpo etilmoqda. 

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, davlat rahbari uşbu uy-joylar quriliş uçastkasida böldi.

Ötgan yili may oyida boşlangan quriliş işlari 27 ta pudrat taşkilotlari tomonidan olib borilmoqda. Uşbu 39 ta köp qavatli turar joy bitgaç, 1024 ta oila öz uyiga ega böladi. Şu paytgaça şaharda bunça köp qavatli uy qurilmagan. Uylarni joriy yil mart oyida foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan.

Turar joylarni tez va sifatli quriş, bunda zamon talablari va aholi ehtiyojlarini hisobga oliş, barça ijtimoiy-maişiy şaroitlarni yaratiş zarurligi ta'kidlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Şu yerda Buxoro şahrida amalga oşiriladigan bunyodkorlik loyihalari haqida ma'lumot berildi.

Ulardan biri - Islom Karimov köçasi qiyofasini özgartiriş loyihasidir. Unga muvofiq, köçaning ikki tomonida zamonaviy binolar, yaşil hududlar, dam oliş maskanlari va boşqa obektlar barpo etiş rejalaştirilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Şuningdek, Ibn Sino, Ayniy, Hamza, Iqbol va boşqa köçalarda köp qavatli uylar, savdo markazlari, maişiy xizmat obektlari barpo etilmoqda. Bu aholini arzon va zamonaviy uylar bilan ta'minlaş, turmuş farovonligini oşirişga xizmat qiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident loyihalarni takomillaştiriş, sifat va muddatga amal qiliş böyiça körsatmalar berdi.