Davlat rahbari 17 fevral kuni Buxoro şahridagi Yoşlar markaziga taşrif buyurdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Uşbu markaz 2017 yil 30 dekabrda foydalanişga topşirilgan. Bu yerda yoşlarning talab va qiziqişlaridan kelib çiqib 16 tögarak taşkil qilingan. 800 örinli majlislari zali, konferensiya va kino zallari, xodimlarning xizmat xonalarida zamonaviy şaroitlar yaratilgan.
Prezident markaz faoliyati bilan yaqindan tanişdi. Bajarilgan işlarni yuqori baholab, bu yerda yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalaniş, yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, uyuşmagan yoşlarni birlaştiriş böyiça körsatmalar berdi.


















