Toşkent viloyati IIB YHXB hududdagi mavjud 125 ta avtomobil ta'mirlaş ustaxonalarida profilaktik tadbirlar ötkazdi. Unga viloyat IIB YHX xizmati xodimlari va keng jamoatçilik jalb etildi.
Xabar qilinişiça, tadbirda quyidagi maqsadlar közlangan:
- avtomobillarning agregat raqamlari tuşirilgan dvigatel, kuzov hamda şassi raqamlarini özboşimçalik bilan özgartiriş yoki öçiriş holatlariga yöl qöymaslik;
- eskirgan, foydalaniş uçun yaroqsiz holga kelib qolgan avtomobillarni noqonuniy bölaklab sotmaslik,
- yöl-transport hodisasi sodir etib voqea joyidan qoçib ketgan va texnik şikastlangan, olib qoçilgan va öğirlangan avtomobillarni YHX xizmatlarining ruxsatnomasisiz taşqi körinişini özgartirmaslik hamda ta'mirlamaslik, avtomobil egalarining tegişli ruxsatnomasisiz bu kabi murojaatlari yuzasidan içki işlar organlariga xabar beriş lozimligi yana bir bor eslatilib, axborot almaşuvi yölga qöyildi.





















