Yanvarda HTT bosh direktori Dirk Alborn joriy yildayoq vakuum liniya qurilishi ilk real loyihasini taqdim qilishga va'da bergandi. Uning aytishicha, liniya uch yil ichida ishga tushiriladi. Biroq Alborn kompaniya uchun AQSh eng istiqbolli va muhim yo‘nalish emasligini tan olgan. Uning fikricha, Hyperloop’ning kelajagi Osiyodadir. Misol uchun, kompaniya 2017 yil oktabrda Hindistonning Andxra-Pradesh shtati hukumati bilan kelishuv tuzgan. Kompaniya Amaravati va Vijayavada shaharlari o‘rtasida Hyperloop liniyasini o‘tkazmoqchi.