Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 16 fevral kuni Buxoro viloyatining Peşku tumanida ötkazilgan viloyat faollari bilan uçraşuvda ham Milliy xavfsizlik xizmatini tanqid ostiga olgan. Bu haqda «Ozodlik» radiosi xabar bermoqda.

Ungaça Prezident 19 yanvar kuni Qiziriq tumani hokimligida Surxondarë viloyat faollari bilan ötkazilgan uçraşuvda MXX raisining uç muovini va önlab zobitlari işdan olinganini ta'kidlab ötgan edi.

Prezidentning aytişiça, MXXning Buxoro viloyatidagi xodimlari ham köplab adolatsizliklarga yöl qöygan, gunohsiz tadbirkorlarni olib borib qamagan.

Prezident sözlari yozilgan audiofaylni öşa majlisda iştirok etgan faollardan biri radioga taqdim etgan.

Şavkat Mirziyoyevning majlisda aytişiça, vakolat doirasidan çetga çiqib ketgan MXX xodimlarining faoliyati Buxoroda ham noroziliklar oşişiga sabab bölgan:

«Barça rahbarlar xotirjamlikka berilmasdan közini kattaroq oçadigan vaqt keldi. Ayniqsa, şu törtta rahbar, hozir beşinçisi ham qöşilgan. Bizda bitta taşkilot bor: milliy xavfsizlik degan janoblar bor. Sizlar hammalaring bilyapsizlar, qanaqa özgarişlar Özbekistonda bölyapti. Bitta davlatning idorasiga şunça vakolat beriş, bu umuman davlatga bölgan qip-qizil xiyonatçilik. Şuning uçun Buxoroda ham noroziçilik. Menga kelgan xatlar (mualliflari) juda norozi. Tadbirkorlarni boşini yegan öşa taşkilotlar hali ham bor», — deydi Prezident.

Prezidentning aytişiça, uning qölida MXXning Buxorodagi jinoyatlari haqida yetarli dalillar bor:

«Buxorodan menda juda köp manba bor. Tadbirkorlarni aybsiz qamagani, qanday qiynagani, rasmlari ham bor menda. Öşa işni qilgan tergovçilarning hammasining familiyasi bor. Xudo xohlasa, soğ-salomat yursak, vaqt keladi, televizorda körasizlar. Ularni ham xuddi şu kuyga soldiraman. Nima uçun, adolat bölişi kerak. Yigirma yil bölsa, yigirma yil qamaladi», — deydi Prezident.

Şavkat Mirziyoyevning aytişiça, MXX dastidan juda köp tadbirkorlar Buxoroni tark qilişga majbur bölgan:

«Bitta salgina kökargan odamni taging kim — otang kim, onang kim, deb tekşiraverib, hammani öldirdi. Hamma işbilarmon Buxorodan köçib ketdi. Boşqa davlatlarda, boşqa yurtlarda, boşqa şaharlarda sarson-sargardon bölib yuribdi. Bu ham haqiqat. Şuning uçun bu janoblarni ham joyiga qöyib, mana ötiribdi köpi yerga qarab. Bular bunday majlislarga kelmas edi, bular göyoki özlari o‘-o‘-o‘ kattakon edi. Bularni xuddi ota-onasidan qolgan bir vakolati borday, amir Olimxon ham tuğilganda bularga bunça vakolat bermas edi», — deydi Prezident.