Tibet muxtor tumani poytaxti Lxasada joylaşgan, YuNeSKO jahon madaniy merosi obekti hisoblanuvçi Jokang butxonasiga öt ketdi. Bu haqda “Sina” portali xabar bermoqda. 

Yonğin 17 fevral keçasi boşlangan. Ayni vaqtda öt öçiruvçilar yonğinni öçirişga harakat qilmoqdalar. Yonğinga nima sabab bölgani hozirça noma'lum. Yonğin murakkabligi darajasi nisbatan oğir deya baholangan. Ta'kidlanişiça, butxona tomiga zarar yetgan bölişi mumkin.

Ma'lum qilinişiça, voqea joyiga Tibet partiya qömitasi kotibi U Intsze yöl olgan.

Qurilişi 639 yilda boşlangan Jokang butxonasi Lxasaning diniy markazi va Tibetdagi eng muqaddas joy hisoblanadi. Bu yerga köplab ziyoratçilar va sayyohlar keladi. Butxona Dalay-lamaning sobiq qarorgohi – Potala saroyidan bir kilometr uzoqda joylaşgan. Butxonada köplab qimmatli yodgorliklar, jumladan Tibet buddaviyligida eng qadrlanuvçi Şakyamuni buddasi haykali bor.

Butxona 2000 yilda YuNeSKO jahon madaniy merosi röyxatiga kiritilgan.