Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudida sudya Dilşod Komilov raisligida çinozlik “Ahmadboy” nomi bilan dong çiqargan Ahmadjon Tursunboyev va uning 6 nafar jinoiy şeriklari ustidan mahkama jarayoni davom etmoqda. 2017 yil 2 avgustida boşlangan sud majlisida sudlanayotganlar JKning 177-moddasi 3-qismi “a” va “b” bandi (valyuta qimmatliklarini noqonuniy yöl bilan oliş yoki sotiş), 188-moddasi (davlat röyxatidan ötmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanib, juda katta miqdorda nazoratsiz daromad köriş), 189-moddasi (Savdo qiliş yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş), 190-moddasi 2-qismi “a” va “v” (Lisenziyasiz faoliyat bilan şuğullaniş) bandlarida közda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
2018 yil 16 fevral kuni sudlanuvçilarning barçasiga sudga raislik qiluvçi D.Komilov söngsöz imkoniyatini taqdim etgan, şundan söng sud maslahatga kirib ketgan edi. Ayrim taxminlarga köra, sud hukmi 19 fevralda e'lon qilinişi kutilgandi. Ammo hozirça, sud hukmi qaçon öqilişi muddati noma'lumligiça qolmoqda.
Youtube'da köriş
Mover.uz'da köriş












