Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Qalmiqiston Respublikasi va Astraxan oblasti böyiça Çegaraoldi boşqarmasi xodimlari «Aksarayskiy» temir yöl ötkaziş punktida tijoriy maqsadda olib ötilmoqçi bölingan qoraköl terisi partiyasini topişdi.

Özbekistondan Rossiyaga yöl olgan yölovçi poyezdining provodnigi 100 dona qoraköl terisini xizmat kupesida olib ötayotgan bölgan. Yukning hujjatlari bölmagan. Şu tufayli fuqaro hamda yukni çegara orqali ötkazmaslik haqida qaror qabul qilindi.

Uşbu holat haqida Astraxan bojxonasi xabardor etilgan, deb ma'lum qildi Rossiya FXXning Qalmiqiston Respublikasi va Astraxan oblasti böyiça Çegaraoldi boşqarmasi matbuot xizmati.