Ispaniya Primerasining 24-turida Madridning «Atletiko» klubi «Atletik» Bilbaoni qabul qildi. «Vanda Metropolitano»da ötkazilgan uçraşuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

«Matrasçilar» 67-daqiqada hisobni oçişdi. Antuan Grizmanning pasidan Kevin Gameyro unumli foydalandi. 80-daqiqada Gameyro Diyego Kostani golli pas bilan ta'minladi.

Endilikda Ispaniya çempionati turnir jadvalida «Atletiko Madrid» oçkolari sonini 55taga yetkazgan va 2-örinda bormoqda, «Atletik» esa 28 oçkosi bilan 14-örinda.

Bu turda «Real Sosedad» «Levante»ni qabul qilib, 3:0 hisobidagi ğalabaga erişdi.

«Real Sosedad» öyinning 10-daqiqasidayoq hisobni oçdi, Xabi Priyeto penaltini aniq bajardi. Tanaffusgaça maydon egalari ustunlikni oşirişdi — 38-daqiqada Xuanmi gol muallifi böldi. Ikkinçi bölim boşida Serxio Kanales aniq zarbasi bilan öyindagi yakuniy hisobni örnatdi.

Bu ğalaba evaziga «Real Sosedad» oçkolari sonini 29taga yetkazdi va turnir jadvalida 12-öringa kötarildi, «Levante» 20 oçko bilan 17-örinda joylaşgan.

Ispaniya çempionati
24-tur
Atletiko – Atletik 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 67 Gameyro, 2:0 – 80 Diyego Kosta.
Atletiko – Oblak, Ximenes, Filipe Luis, Vrsalko, Lyuka Ernandes (Godin, 46), Parti, Saul, Koke (Gameyro, 59), Korrea (Gabi, 70), Grizmann, Diyego Kosta.
Atletik – Arrisabalaga, Nunes, Saborit, Inigo Lekue, Martines, Benyat (Iturraspe, 65), Susayeta, Inyaki Uilyams, San Xose, Sabin Merino (De Markos, 68), Mikel Vesga (Kordoba, 72).
Ogohlantirişlar: Korrea (17), Diyego Kosta (36), Benyat (40), Filipe Luis (62), Nunes (71).

Real Sosedad – Levante 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 10, penalti Priyeto, 2:0 – 38 Xuanmi, 3:0 – 55 Kanales.
Real Sosedad – Ruli, Elustondo, de la Belya, Odriosola (Gorosabel, 81), Navas, Priyeto (Kanales, 13), Ilyarramendi, Surutusa, Oyarsabal (Subeldiya, 68), Xuanmi, Agirreçe.
Levante – Olasabal, Postigo, Luna, Koke (Roçina, 55), Rodriges, Lukiç (Marti, 46), Dukure, Morales, Kampanya, Djyeyson, Patstsini (Boateng, 59).