Yerda duşanba, 19 fevral kuni Toşkent vaqti bilan taxminan 08:00lar atrofida kuçsiz magnit böroni qayd etildi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining P.Lebedev nomidagi Quyoş Fizikasi instituti rentgen astronomiyasi laboratoriyasi saytida xabar berilgan.

«Bugun, 19 fevral kuni ertalab kuçsiz magnit böroni qayd etildi. Bunga qadar dam oliş kunlari magnit maydoni biroz özgargandi», - deya ta'kidlanadi xabarda.

Tabiat hodisasiga beş ballik körsatkiçdan 1-daraja berildi, ya'ni minimal darajadagi böron. Sönggi marta magnit böroni 15 yanvar kuni qayd etilgandi. 

«Uşbu hodisa energetik tizimlar va kosmik apparatlarni boşqariş tizimlariga kiçik ta'sir ötkazişi mumkin. Qutb yoğdusi 60 daraja va undan yuqori bölgan baland kengliklarda kuzatilişi ehtimolga yaqin», - deyiladi xabarda.

Taxminlarga köra, Yerning magnit maydoni yaqin 3-6 soatda avvalgi holatiga qaytadi.