Pyongçangdagi Olimpiadada norovirus infeksiyasidan kasallanganlar soni ortib bormoqda. Ayni vaqtda bu yuqumli virusdan zararlanganlar soni 275 nafarga yetgan.
Virus tarqalgani haqida 8 fevralda ma'lum bölgan. Ma'lum qilinişiça, kasallanganlar Olimpiya qişloğida emas, balki şahardagi yoşlar markazida yaşaşgan.
Virusdan eng köp köngillilar va xizmat körsatuvçi xodimlar jabr körgan. Avvalroq Olimpiadadagi 1200 qöriqçi uşbu virus sababli öz vazifasidan çetlatilgani, ularning örnini askarlar egallaşgani ma'lum qilingan.
Olimpiada taşkiliy qömitasi vakilining aytişiça, 200 dan köproq kişi virusdan xalos böla olgan. Yana 50 odam karantinda qolmoqda.
Şuningdek, şveysariyalik ikki çanğiçi virus yuqtirib olgan ilk sportçilar böldi.
Virusning tarqalişi Olimpiadada taom tayyorlaşda işlatiladigan sifatsiz suv bilan boğlanmoqda.
Norovirus ötkir oşqozon-içak kasalligini keltirib çiqaradi. U yuqumli bölib, oziq-ovqat yoki suv orqali yuqadi.












