Tegişli özgartirişlar Özbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oşiriş tartibi töğrisidagi yöriqnomaga (röyxat raqami 2711-1, 2018 yil 26 yanvar) kiritildi, deb yozmoqda Norma.uz.
 
Eslatib ötamiz, endi banklar mijozlari mobil ilovalar yoki şaxsiy kabinet orqali real vaqt rejimida monitoring qiliş imkoniyati bilan barça depozit operatsiyalarini, şu jumladan bank omonatlari böyiça depozit operatsiyalarini ötkazişlari mumkin böladi.
 
Mijozlar (jismoniy şaxslar) masofadan bank omonatlari oçiş va boşqa bank omonatlari böyiça operatsiyalarni ötkaziş imkoniyatiga egalar, başarti ular tomonidan şu bankda birlamçi hisobvaraq oçilgan va bir marta hisobvaraq oçiş uçun ariza va şaxsni tasdiqlovçi hujjatlar taqdim etilgan bölsa.
 
Masofali rejimda qöşimça depozit hisobvaraq oçiş uçun jismoniy şaxsga elektron raqamli imzo şart emas.
 
Hozirgi vaqtda barça tijorat banklari jismoniy şaxslar uçun masofadan bank xizmatlari körsatiş tizimini (şu jumladan mobil ilovalar ham) joriy etişni boşladi. Şuningdek, bank hisobvaraqlariga masofadan va kontaktsiz xizmat körsatiş («bank-kliyent», «internet-banking», «mobil bank», «CMC-banking») böyiça xizmatlar taqdim etiş tizimi takomillaştirilmoqda.