Endi Şarjada jamoatçilik joylaridagi avtoturargohlarda tölovdan qoçib qutulib bölmaydi, zero yangi raqamli skanerlovçi transport vositasi endi inspektsion taşkilotlarga yordam beriş uçun bu hududlarni nazoratga oladi. GulfNews şu haqida xabar berdi.
Şarja munitsipaliteti amirlikdagi turargohlar muammolarini hal qiliş uçun mintaqadagi ilk raqamli skanerlovçi avtomobilni qölga kiritdi.
Avtomobil inspektorning vaqti va kuçini tejab, bir soatda 3 mingdan ziyod avtomobilni skanerlay oladi.
Yangi avtomobil BAAda davom etayotgan Innovatsiyalar oyi tantanalarida namoyiş qilindi.

Şarja munitsipalitetidagi Jamoatçilik joylaridagi avtoturargohlar departamenti direktori Ali Ahmad Abu Ğaziyonning aytişiça, yaşil-oq raqamli skanerlovçi avtomobil tomida maxsus nazorat mobil kamerasi örnatilgan, bu inspeksiya olamida yangilik hisoblanadi. Avtomobil murakkab tizimlar bilan boğliq maxsus funksiyalar va raqamli texnologiyalar bilan jihozlangan.
Raqamli transport vositasi sinovdan muvaffaqiyatli ötkazilgan bölib, yaqin haftalar içida barça hududlarda işga tuşadi, deydi Abu Ğaziyon.
Şarjadagi Innovatsiyalar oyiga payşanba kuni start berilgan bölib, u çorşanbaga qadar (21 fevralgaça) davom etadi.
Avtomobilga örnatilgan kamera transport vositalarining avtomobilni biror joyga qöyganlik uçun pul tölagan yoki tölamaganligini nazorat qiladi. Bu iş odatda inspektorlar tomonidan bajariladi. Endi Şarjadagi avtoturargohlarni yanada sifatli nazorat qiliş uçun ikki usul ham qöllanadi.












