Har bir inson uzoq iş faoliyati davomida sayohat qilgisi keladi. Ayniqsa bu sayohat öz yaqinlari, oilasi, hamkasblari, döstlari bilan bölsa unutilmas böladi. Rost, şunday kunlar butun umr yodda qoladi.
Avval ham bir neça marotaba Samarqand şahrida taşkil etilgan “Böston Turizm Servis” M.Ç.J. sayyohlik agentligi faoliyati bilan tanişib, agentlikning yurtimiz böylab sayohatlar taşkil qilayotganligi haqida yoritgan edik. Biz yana “Böston Turizm Servis” M.Ç.J. sayyohlik agentligi faoliyati bilan qiziqdik va agentlik rahbari Abbos Hazratqulov bilan boğlandik.
“Ötgan vaqt davomida sayyohlik agentligimiz faoliyatida yuqori ösişlar kuzatildi. Özbekiston böylab bizning xizmatlarimizdan foydalanuvçilar soni köpayib bormoqda. Yurtimizning Samarqand, Buxoro, Xiva, Toşkent, Şaxrisabz, Farğona vodiysi va boşqa tarixiy şaharlariga uyuştiriladigan qiziqarli sayohatlar, diqqatga sazavor joylarga ekskursiyalar, muqaddas joylarimizga ziyoratlar çinakam maroqli bölayapdi. Arzon narx va sifatli xizmat bunga asos bölmoqda.





Sayohat davomida zamonaviy transportlar, mehmonxonalar, oşxonalar va malakali gid-ekskursovodlar xizmat körsatadi.















