Dushanba - haftaning boshi. Yakshanba kungi dam olishdan keyin ishga kelsam, rahbar shanba kuni Samarqandga ketgan sayyohimizning kitobi mehmonxonada qolib ketganini va uni tezlik bilan jo‘natib yuborishni so‘rashdi. Endi nima qilsam ekan?
Qo‘limga telefonni olib, tanigan-bilgan tanish haydovchilarga qo‘ng‘iroq qila boshladim. Aksiga olib, hech biri ayni damda Toshkentda emas ekan. Atrofdagilardan ham Samarqandga ketadigan birodari bor-yo‘qligini so‘ray boshladim. Afsuski, hech kim yaqin orada ketmas ekan. Endi faqatgina bir yo‘li qoldi, xolos. Ertaga vokzalga borib, Samarqandga ketuvchi yo‘lovchilardan kitobni olib ketishlarini iltimos qilaman yoki o‘zim Olmazor metrosidan Samarqandga qatnaydigan haydovchilar bilan ketaman.
Qachon boraman-u, qachon qachon qaytaman. Kamida yarim kunim yo‘lda o‘tadi. Bu vaq ichida ishxonada qancha ishimni bitirgan bo‘lar edim. Bundan tashqari, avtomobilga ham yoqilg‘i xarajati... Shunday xayollar bilan hunobim oshib turgan edi, yaqin do‘stim Azamat kelib qoldi.
- Tinchlikmi, nega avzoing buzuq?
- Ey, do‘stim, yaxshi ham kelib qolding. Vaqting bo‘lsa, shu omonatni Samarqandga yuborish kerak. Birga borib kela olasanmi?
- Shu birgina narsani topshirish uchun soatlab vaqtingni sarflamoqchimisan. FARGO orqali yuborsang bo‘lmaydimi? 2000037ga telefon qilasan, kurerlarning o‘zi kelib, jo‘natmangni aytgan manzilinga tezda yetkazib berishadi. Narhi ham hamyonbop. Jo‘natgan narsangni bemalol Fargo.uz saytida kuzatib turishing ham mumkin. Pulingga achinmasang ham, vaqtingga achin. Muhim jo‘natmalarni yetkazishni o‘z ishining mutaxassislariga topshirish vaqti keldi.

Bu kabi hodisalar hayotimizda ko‘p uchrab turadi. Ba'zan muhim hujjatlarni, buyurtmalarni respublikamizning turli hududlariga zudlik bilan yetkazishga to‘g‘ri keladi. Odatda, bunday vaziyatlarda biz viloyatlar bo‘ylab qatnaydigan "taksi" xizmatiga murojaat qilishga o‘rganganmiz.
Biroq bunday yo‘l tutish qanchalik to‘g‘ri? Jo‘natmalarning o‘z vaqtida egasiga yetib borishini kim kafolatlaydi?
Aholi yo‘l-yo‘lakay buyurtmalarni olib ketuvchi taksi xizmatlaridan foydalanishga odatlanib qolishiga qaramay, uning o‘ziga yarasha bir qator kamchiliklari mavjud:









