AQŞning sobiq davlat kotibi Jon Kerri Eron atomi böyiça şartnoma bekor qilinsa, harbiy ziddiyat yuzaga keladi deb hisoblaydi.
"Agar biz Eron böyiça şartnomani bekor qilsak, ularga bomba taşlaşni boşlaşimiz kerak böladi, biz esa buni istamaymiz", - dedi Kerri Myunxendagi 54-Xavfsizlik konferensiyasida çiqiş qilar ekan.
U yadroviy dasturiga doir kelişuvga qaramay, Eron 10 yildan keyin yadroviy qurolni qölga kiritadi deb hisoblovçi Isroil vakillarining bayonotlarini qöllab-quvvatlamasligini qöşimça qildi.
"Bu töğri taxmin emas va men uni qöllab-quvvatlamayman", - dedi Kerri va "Eron xavf tuğdirişi mumkinligi hamda yadroviy dastur böyiça ba'zi masalalar körilmay qolib ketgani"ni qöşimça qildi, masalan, inson huquqlariga rioya qiliş masalasi.
2015 yilning 14 iyulida Eron va xalqaro vositaçilar "oltiligi" (RF, AQŞ, Buyuk Britaniya, XXR, Fransiya, Germaniya) örtasida Eron atomi bilan boğliq köp yillik muammolarni tartibga keltiriş töğrisidagi tarixiy şartnoma imzolangan. AQŞning hozirgi ma'muriyati şartnomani qattiq tanqid qiladi va uni mamlakatning "eng yomon şartnomasi" deb atab, undan çiqiş bilan tahdid qilmoqda.
Atom energiyasi xalqaro agentligi har çorakda Eron öz majburiyatlarini qoldirmay bajarayotgani haqida hisobot bermoqda.












