«Real» ham, «PSJ» ham xafa bölmasin-u, uşbu mavsum nimçorak final öyinlarining markaziy öyini aynan bugun bölib ötadi. Albatta, tilga olingan juftlik ham tarkib va salohiyat, turnirda ğalaba qozoniş ambitsiyalari böyiça bugungilarni ortda qoldirar bölişi mumkin, ammo «Çelsi» va «Barselona» YeÇLning klassikasi hisoblanadi.

Bu yerda şunçaki, top-yulduzlarning ikki tomonga bölinib bahslaşişini emas, farqli uslub, farqli ğoya va yönalişlarning özaro töqnaşuviga guvoh bölişimiz, uçraşuvlarni qisqa bölsa-da, futbol olamini ikkiga böla olgan tarixiy öyinlarning davomi ölaroq qabul qilişimiz mumkin. 

ÖYINLAR TARIXI
Köpçilik eslay olmasligi mumkin, jamoalarning Yevropadagi eng muhim turnirdagi dastlabki töqnaşuvlari 1999/2000 mavsumining çorak finalida röy bergandi. U paytlar Abramoviç hali «Çelsi»ni sotib olmagan, şunday bölsa-da, Desayi, Deşam, Dzola, Flu, Di Matteo, Petresku kabi futbolçilar bilan «Çelsi» çorak finalgaça yetib boradi va dastlabki öyinda «Barselona»ni 3:1 hisobida mağlub etişga muvaffaq böladi.

Javob öyini juda qiziqarli ötgan. Kataloniyaliklar öyin tugaşiga atigi 7 daqiqa qolganda umumiy hisobni tenglaştirişadi, 87-daqiqada esa, Rivaldo penaltini bajara olmaydi. Braziliyalik yulduz qöşimça bölimlarning birinçisida aybini yuvib, törtinçi golni uradi. Klyuyvertning 104-daqiqadagi goli barça masalaga nuqta qöyadi.

Keyingi öyinlarni eslaymiz: Abramoviç va Mourinoning yangi «Çelsi»si, Ronaldinoning supergoli, Messiga işlatilgan qöpollik, Evryobening xatolari, Inestaning «oltin goli», Del Orno, Terri yoki Abidalning çetlatilişlari, Messining noaniq penaltisi, Torresning sönggi daqiqadagi goli – har biri alohida hikoyalarga asos böladigan bu voqealardan xulosa bitta: «Barselona» va «Çelsi»ning töqnaşuvlari doim dramatik keçgan.

Umumiy hisobda 12 öyindan 6 tasida «Çelsi»ning qöli baland kelgan, «Barselona» 3 öyinda ğalaba qozongan xolos. Töplar nisbati – 20-20.

Qiziği, «Barselona» atigi uç öyinda ğalaba qozongan bölsa-da, uç marta pley-offda «Çelsi»ni doğda qoldirib ketganini aytişimiz mumkin. Ikki mavsumda «Çelsi» keyingi bosqiçga yöllanma olgan.