Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantiriş va barqarorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori ijrosini ta'minlaş doirasida mamlakatimiz bank tizimida keng kölamli özgarişlar sodir bölmoqda. Sohaga zamonaviy texnologiyalar şiddat bilan kirib kelmoqda. Internet tarmoği va mobil aloqa vositalari orqali körsatiladigan masofaviy bank xizmatlari kölami muttasil kengayib bormoqda.

“Qişloq quriliş bank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan mijozlarga qulayliklar yaratiş, ularning vaqtini tejaş, omonatçilarga bank filiallari orqali tezkor va sifatli xizmat körsatişni taşkil qiliş maqsadida bir qator dasturlar işlab çiqilgan.

Xususan, bank tizimida mijozni va operatsiyaning boşqa iştirokçilarini identifikatsiyalaş imkonini beruvçi barça hujjatlar ular taqdim etilgan sanada amalda bölişi şartligi belgilanganligiga muvofiq ravişda omonatçilarning şaxsini tasdiqlovçi hujjati (fuqarolik pasporti)ning amal qiliş muddatining tugaganligi haqida ma'lumot berib boruvçi dastur amaliyotga joriy qilingan.

Foto: Qişloq quriliş bank

Unga muvofiq bank filiallari xodimlari tomonidan omonatçilarning mobil aloqa vositasiga fuqarolik pasportining muddati tugaganligi haqidagi muntazam dasturiy SMS-xabarnoma yuborilib boriladi, şuningdek, bevosita mijozlar telefon orqali xabardor qilinib boriladi.

Bu xizmatning mijoz uçun ham, bank uçun ham afzalliklari köp. Fuqarolar kundalik yumuşlar bilan bölib ba'zi hollarda öz pasporti muddati tugaganligini unutib qöyadi. Natijada amaldagi tartibga köra bank omonatiga mablağ joylaştirgan mijozning fuqarolik pasportining muddati tugagan holatda uning omonat hisob raqamidan amaliyotlar bajarişda ma'lum muammolar kelib çiqadi. Bu esa mijozning omonatdagi öz mablağlaridan daromad qiliş imkoniyatlarini kamaytiradi. Bank öz mijozining fuqarolik pasportini öz vaqtida amalda böliş muddatini nazorat qilib borişini ta'minlaş bilan nafaqat bank bilan munosabatlarda, balki fuqaroning kundalik faoliyatida foydalanişi uçun zarur bölgan joylarda foydalanişiga imkoniyat yaratadi.

Foto: Qişloq quriliş bank

Bu kabi zamonaviy xizmatlar mijozlar bilan özaro işonçga qurilgan va manfaatli munosabatlar örnatilişiga xizmat qilmoqda. Biz uçun nafaqat bankimizning, balki mijozlarning ham daromad körişi muhimdir!