Saudiya Arabistoni hukumati tinç atom texnologiyasini özlaştirib, qirollikda atom elektr stansiyalar barpo qilmoqçi. Bu haqda qirollikning taşqi işlar vaziri Odil al-Jubayr CNBC telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.   

Al-Jubayrning aytişiça, qirollik ayni vaqtda uşbu masala böyiça 10 ta davlat bilan muzokaralar olib bormoqda. Uning ta'kidlaşiça, u AQŞ hukumatini saudiyaliklarga yadroviy yoqilği işlab çiqaruvçi qolgan davlatlar ega bölgan huquqlar berilişiga rozi bölişga çaqirmoqda.

Yaqin 20-25 yilda Saudiya Arabistoni 16 ta yadroviy reaktor qurmoqçi va bu maqsadlar uçun umumiy hisobda 80 mlrd dollar sarflamoqçi. Vazirning aytişiça, Ar-Riyod bu masalada AQŞ hukumati kömagiga umid qilgan, biroq tinç atom böyiça hamkorlik qiliş uçun ikki davlat yadroviy obektlarni fuqarolik va harbiylariga ajratuvçi alohida kelişuv tuzişi kerak. Bu kelişuvsiz AQŞ kompaniyalari Saudiya Arabistonida işlay olmaydilar. 

“Biz neft salohiyatimizni saqlab qoliş uçun özimizning atom elektr stansiyalar tizimimizni yaratmoqçimiz. Biz bu masala böyiça 10 ta davlat bilan muzokaralar olib bormoqdamiz, biroq hozirça hamkor borasida bir töxtamga kelmadik”, deb aytgan al-Jubayr.