Saudiya Arabistoni mahalliy dizaynerlar va moda sanoati rivojlanişini qöllab-quvvatlaş maqsadida öz tarixida ilk bor “Arab modasi haftaligi”ni ötkazadi. Tadbir Ar-Riyodda 26-31 mart kunlari bölib ötadi. Bu haqda 19 fevralda uşbu haftalikka patronajlik qiluvçi malika Nuri bint Faysal Al-Saud ma'lum qildi.
“Saudiya Arabistoni rassomlari va modelerlari hamjamiyati bir neça yildan beri muntazam rivojlanib va öziga işonçi oşib bormoqda. Boşqarma yangi hodisa moda va tasviriy san'at sohasidagi iste'dodlar imkoniyatlarini namoyiş qiliş uçun mos maydon bölişi va Saudiya Arabistoni köngil oçiş sohasiga turfalik kiritişiga umid qiladi”, deb aytgan malika qirollikning köngil oçiş boş boşqarmasi maktubiga iqtibos keltirib.
Ma'lum qilinişiça, 22 ta arab davlati dizaynerlarini birlaştirişga intiluvçi “Arab modasi haftaligi” yaqinda Ar-Riyodda öz byurosini oçgan.
Saudiya Arabistonidagi “Arab modasi haftaligi” direktori Laylo Iso Abuzayd bölib ötajak tadbir “iqtisodiyotning turizm, mehmonxona biznesi va savdo kabi tarmoqlari rivojlanişiga turtki berişini” aytgan.












