Tesla Kanadaning şarqiy viloyatlaridan biri – Yangi Şotlandiyadagi Elmsdeyl şaharçasida energiyani saqlaş va taqsimlaş tizimi Intelligent Feeder Project’ni işga tuşirmoqda. Kompaniya buning uçun energiya saqlovçi Powerwall va Powerpack tizimlarini örnatdi. Qurilmalar şamol generatori işlab çiqaradigan energiyaning ortiqça qismini saqlab, uni Powerwall batareyalari bilan jihozlangan mahalliy uylarga jönatadi. Uşbu tizim fevralda işga tuşirilib, bir yil davomida sinaladi.
Powerpack energiya saqlaş tizimlari mahalliy podstansiyada örnatiladi. U Elmsdeyl yonidagi Xardvud Lends aholi punktidagi şamol turbinasi işlab çiqaradigan energiyaning ortiqçasini zaxiralaydi. Elektr energiya zaxiralari mahalliy uylarga yetkaziladi. Ortiqça energiya elektr uzatişdagi uzilişlar vaqtida hamda şamol generatori kamroq energiya işlab çiqarganda işlatiladi.
Loyiha mahalliy elektr ta'minoti kompaniyasi Nova Scotia Power tomondan boşqariladi. Tizimga 300 uy ulanadi, biroq ulardan 10 tasigina Tesla Powerwall 2 tizimidan foydalana oladi. Ta'kidlanişiça, tajribani katta kölamli deb bölmaydi. Biroq uşbu loyiha kompaniyaga özining işlanmalarini qişloq şaroitlarida sinovdan ötkazişga imkon beradi.
Agar sinovlar muvaffaqiyatli ötsa, Nova Scotia Power kompaniyasi Powerpack batareyalarini viloyatning boşqa aholi punktldarida ham örnatadi.











