Dunyoda sayyohlar soni 2017 yilda 1,3 milliarddan oşib ketdi. Bu haqda BMTning Butunjahon sayyohlik taşkiloti (UNWTO) hisobotida aytilgan.

Hisobotga köra, 2017 yilda sayyohlar soni 2016 yilgiga nisbatan 6,7 foiz oşgan va 1,322 milliardni taşkil qilgan. Bu esa 2010 yildan beri rekord körsatkiç hisoblanadi.

Ötgan yil sayyohlar oqimining eng köp ösişi Yevropa va Afrikaga töğri kelgan – 8 foiz, Osiyo-Tinç okeani hududiga 6 foiz, Yaqin Şarqqa 5 foiz va Amerika davlatlariga 3 foiz töğri kelgan. 

2017 yilda Yevropaga 671 mln, Osiyo-Tinç okeaniga 324 mln, Amerika davlatlariga 207 mln, Afrikaga 62 mln, Yaqin Şarqqa 58 mln sayyoh töğri kelgan.