Afğoniston ğarbida yölovçi avtobusi va yuk maşinasi iştirokida yuz bergan YTH oqibatida sakkiz kişi halok böldi hamda kamida 13 kişi jarohat oldi. Bu haqda Xinhua xabar bermoqda.

«Erta tongda yölovçi avtobusi Ajar tumanida yuk maşinasi bilan töqnaşib ketdi, natijada sakkiz yölovçi halok böldi, yana 13 kişi jarohat oldi», - deya aytib ötdi mahalliy politsiya vakili Abdul Hamid Valizoda.

Uning sözlariga köra, avtobus Hirot şahridan Forsiy uyezdiga yöl olayotgan bölgan. Hayotdan köz yumganlar orasida tört ayol va ikki yoş bola bölgan, jabrlanuvçilar şifoxonaga olib ketildi. Ayni damda politsiya hodisa tafsilotlarini aniqlaştiriş ustida işlamoqda.