Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudida çinozlik “Ahmadboy” nomi bilan dong çiqargan Ahmadjon Tursunboyevga sud hukmi öqildi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri voqea joyidan xabar bermoqda.
Mazkur jarayon jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudi sudyasi Dilşod Komilov raisligida hamda xalq maslahatçilari Qobil Otaxonov va Sobirjon Yöldoşevdan iborat sud tarkibida körib çiqildi.
2018 yil 21 fevralda jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 188-moddasi (noqonuniy tadbirkorlik faoliyati), 189-moddasi (savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş), 190-moddasi (faoliyat bilan litsenziyasiz şuğullaniş), 25 orqali 211-moddasi (pora berişga suiqasd qiliş) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş)da közda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda ayblangan Ahmadjon Tursunboyev, Olmos Qöçqorov, Izzatilla Ibrohimov, Murodjon Tursunboyev, Oybek Tursunboyev, Azizjon Turdiyev va Raşid Ismoilovga nisbatan sud hukmi e'lon qilindi.
Sud majlisida 7 nafar sudlanuvçi ÖzR JKning tegişli moddalari böyiça aybdor deb topildi va Ahmadjon Tursunboyevga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilingan holda 13 yilga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlandi. Şuningdek, EKIH 400 baravari miqdorida, ya'ni 52 million 96 ming sömga teng jarima ham undirilişi aytildi. Lekin unga nisbatan amnistiya qöllanib, jazo muddatining törtdan bir qismi qisqartirildi.
Mavzuga oid: «Ahmadboy» maşmaşasiga aloqador yana 6 kişiga jazo tayinlandi
U jazoni umumiy tartibdagi koloniyada ötaydigan böldi. Jazoni ötaş muddati 2016 yil 16 iyundan boşlab hisoblanadi.














