Dunyodagi birinchi Android-skuter taqdim etildi
Fransiyaning Archos kompaniyasi tomonidan Android’da ishlovchi dunyodagi birinchi elektr skuter taqdim etildi. Bu haqda Nation News agentligi xabar bergan.
Alyuminiydan tayyorlangan skuter Citee Connect deb nomlandi. U shahar ko‘chalari bo‘ylab soatiga 22-25 kilometr tezlikda 22 kilometrga qadar bo‘lgan masofani bosib o‘tishi mumkin, 13 kilogramm og‘irlikka ega va 100 kilogrammgacha bo‘lgan og‘irlikni ko‘tara oladi. Qurilma 8,5 dyuymlik himoyalangan g‘ildiraklar bilan jihozlangan, shuningdek, quvvati 250 vatt bo‘lgan dvigatelga ega.
Bundan tashqari, skuter zarbalar va yomon ob-havodan himoyalangan multimediya paneli bilan jihozlangan bo‘lib, unga smartfonning barcha funksiyalari kiritilgan. Displey rul o‘rtasida joylashadi, unda to‘rt yadroli protsessor, 1 Gb operativ xotira, 8 Gb flesh-xotira bo‘ladi. U Android Oreo asosida ishlaydi. Bundan tashqari, 3G’ni qo‘llab-quvvatlash funksiyasi nazarda tutilgan. Ta'kidlanishicha, Archos skuteri Google Maps bilan hamohang ishlaydi.
Yangilik premerasi MWC 2018 ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tadi. O‘sha yerda yana ikkita shunga o‘xshash skuter modeli taqdim etiladi - Archos Citee Power va Archos Citee.
Mavzuga oid
23:48 / 06.11.2024
Android 16 operatsion tizimi har doimgidan ertaroq chiqariladi
10:50 / 31.10.2024
Toshkentda Tracker va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
20:58 / 28.10.2024
Samokat boshqarishda sodir etilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi
11:22 / 13.10.2024