Iqtisodiyot va moliya vazirligining maʼlumot berişiça, ayrim korxonalarda ijtimoiy soliq stavkasining 12 foizdan 1 foizgaça yoki 0 foizgaça pasaytirilişi pensiya suğurtasini moliyalaştirişda tenglik va maqsadlilik masalasini yuzaga keltirmoqda.

Qayd etilişiça, 2025-yilda 65 mingta korxonaga 3,2 trln sömlik ijtimoiy soliq imtiyozi berilgan. Bunda korxona xarajati kamaygan bölsada, uning xodimi böyiça kelgusidagi pensiya majburiyati saqlanib qoladi.

“Şu sababli yangi ijtimoiy soliq imtiyozlarini berişni töxtatiş, mavjud imtiyozlarni esa 2030-yildan töliq bekor qiliş taklif etilmoqda.

Biznesni qöllab-quvvatlaş esa ijtimoiy soliqdan ozod qiliş orqali emas, davlat byudjetidan oçiq va manzilli subsidiyalar orqali amalga oşirilişi közda tutilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.

Taʼkidlanişiça, natijada bir xil, masalan, 6 mln söm iş haqi oluvçi xodimlar qaysi korxonada işlaşidan qatʼi nazar, ijtimoiy soliq tölaş va pensiya huquqini moliyalaştirişda teng şaroitga ega böladi.